"Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-642-sonli Qonuning tumandagi ijrosi o‘rganildi.
🌱 AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov va tuman Kengashi deputati Sh. Noraliyev Naxroch mahallasida bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tanishish davomida tomchilatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘ygan holda loviya ekib, dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan fuqaroning faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Mazkur faoliyat orqali suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida zamonaviy sug‘orish usullarini qo‘llash hamda aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.