Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qonun ijrosi nazoratda

Deputatlik nazorati: dori vositalari va farmatsevtika faoliyati o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi, deputat A. Erkinov tomonidan Ilgaldi mahallasi hududida joylashgan dorixonalarda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ-399-sonli «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida dorixonalarda mazkur qonun talablariga rioya etilishi, dori vositalarining saqlanishi va aholiga farmatsevtika xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Ushbu o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — qonunchilik ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, dori vositalari muomalasida belgilangan talablar bajarilishini o‘rganish hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishdan iborat.

Slide 1 of 1