Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT MUHOFAZASIDAGI 128-SONLI MAKTABDA MADANIY MEROS OBYEKTINI ASRASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
17-sonli maktabda yangi mini stadion foydalanishga topshirildi

17-sonli maktabda yangi mini stadion foydalanishga topshirildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi A. Kamalov hamda Kengash deputati I. Atabayev 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida g‘olib deb topilib, qurib bitkazilgan mini stadionning ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Tadbir davomida A. Kamalov va I. Atabayev so‘zga chiqib, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sport bilan shug‘ullanish uchun barpo etilgan sharoitlar hamda yangi mini stadionning o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdilar.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga maktab hududida yoshlar uchun yaratilgan sport va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sharoitlar tanishtirildi. Yangi sport maydonidan o‘quvchilarni sportga keng jalb etish, turli musobaqalarni tashkil etish va yoshlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha “Tashabbusli budjet” doirasida amalga oshirilgani bo‘lib, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik fikri asosida ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiladi.

Tadbir jarayonida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarning 3-yo‘nalishi — maktablarda sport inshootlari va maydonlarining holatini o‘rganish hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasidagi sohaga oid qonunchilik talablari asos qilib olindi. Jumladan, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-1123-son, 2026-yil 24-mart talablaridan kelib chiqib, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ochilish marosimi yakunida yangi mini stadion o‘quvchi-yoshlar uchun sog‘lom, faol va mazmunli hayot tarzini shakllantirishga xizmat qilishi, undan samarali va oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 7