Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT MUHOFAZASIDAGI 128-SONLI MAKTABDA MADANIY MEROS OBYEKTINI ASRASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA

 Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida markaz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning mazmuni va sifati, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini baholash hamda har bir murojaat bo‘yicha individual yondashuvni ta’minlash holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yolg‘iz va keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ehtiyojmand oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan ishlash, ularga zarur ijtimoiy, huquqiy va boshqa ko‘maklarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Markazning mahallalar bilan hamkorligi, ehtiyojmand fuqarolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning muammolarini tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish va ko‘rsatilgan yordamning natijasini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Markaz mas’ullari bilan muloqot davomida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ijtimoiy xizmatlarni yanada manzilli tashkil etish, aholining ehtiyojidan kelib chiqib amaliy yordam ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, xizmat ko‘rsatish jarayonida inson omiliga e’tiborni kuchaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida markaz faoliyatida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Deputatlik nazorati doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘rganish va muammolariga amaliy yechim topish masalalari doimiy e’tiborda bo‘ladi.

Slide 1 of 3