Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT MUHOFAZASIDAGI 128-SONLI MAKTABDA MADANIY MEROS OBYEKTINI ASRASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
#munosabat

🔽Mulk huquqi e’tirof etildi – fuqarolar uchun qonuniylik va xotirjamlik

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2026-yil 28-sentabrdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi VII-34-86-2-0-K/26-sonli qarori fuqarolarning mulkiy huquqlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Mazkur qaror viloyat Kengashining rasmiy hujjatlar portalida ham qayd etilgan.
🏦Qarorga muvofiq, Buxoro viloyatining tuman va shaharlarida yashovchi 3 010 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi. Natijada viloyat bo‘yicha bunday tartibda huquqlari tan olingan fuqarolar soni 13 758 nafarga yetdi.
🏦Jondor tumanida 2 210 nafar fuqaroning huquqi e’tirof etildi
🏦Mazkur qaror Jondor tumani aholisi uchun ham alohida ahamiyatga ega. Xususan, tumanda 2 210 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.
🏦Bu raqam ortida minglab xonadonlar, oilalar va yillar davomida foydalanib kelingan uy-joylarning huquqiy maqomini belgilash bilan bog‘liq masalalar turibdi.
🏦Mulk huquqining e’tirof etilishi fuqarolarga o‘z uy-joyi va yer uchastkasiga nisbatan huquqlarini qonuniy asosda mustahkamlash imkonini beradi. Eng muhimi, bu jarayon aholining mulkiy manfaatlarini huquqiy jihatdan himoya qilish, hujjatlarni tartibga keltirish hamda fuqarolarning o‘z mulkiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Jamol Ashurov ,
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi raisi,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt