Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
Zangi mahallasida yo‘l masalasi deputat nazoratida

Zangi mahallasida yo‘l masalasi deputat nazoratida

Aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, hududdagi mavjud muammolarni amaliy hal etish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Hojiyeva Zangi mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rganib, 1000 metr yo‘l qismini shag‘allashtirish zarurligini aniqladi.
Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida deputat tuman hokimi o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i X. Bafoyev nomiga deputatlik so‘rovi yubordi.
Aholining kundalik harakatlanishi uchun muhim bo‘lgan ushbu yo‘lni yaxshilash masalasi deputat nazoratiga olindi. Tegishli ishlarning amalga oshirilishi va so‘rov ijrosi monitoring qilib boriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2