Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
Maktabgacha ta’lim sifati nazoratda: tuman Kengashi deputati 28-sonli DMTT faoliyatini o‘rgandi

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari tuman Kengashining 14-“Ipoq” saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich Oltinsoy tumanidagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

Mas’ullar muassasa ma’muriyati hamrohligida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdilar:

• Ta’lim-tarbiya sifati va guruhlar faoliyati: Mashg‘ulotlarning zamonaviy pedagogik metodlar asosida olib borilishi, ko‘rgazmali va tarbiyaviy o‘yin qurollari bilan ta’minlanganligi;

• Sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish: Bolalar oshxonasidagi sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanish tartibi va kunlik taomnomaga qat’iy rioya etilishi;

• Hudud obodonchiligi va o‘yingohlar: Bolalar o‘yingohlari, xavfsizlik to‘siqlari hamda muassasa hovlisining tozalik va ko‘kalamzorlashtirish holati.

O‘rganish yakunida ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muassasa rahbariyatiga tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4