Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
36-SONLI MAKTABDAGI MUAMMO DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA O‘RGANILDI

36-SONLI MAKTABDAGI MUAMMO DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 19-“Xo‘jabulg‘on” saylov okrugi deputati O‘. Murodov tomonidan Xo‘jabulg‘on mahallasida joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabidagi mavjud muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yo‘llangan.

✅ Deputat so‘rovida maktabning faollar zali hamda ko‘mir ombori tom qismi kuchli shamol ta’sirida shikastlangani, mazkur muammoni zudlik bilan bartaraf etish zarurligi qayd etilgan.

✅ Masala Boysun tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida 2026-yil 18-may kuni yuz bergan kuchli shamol oqibatida 36-sonli maktab faollar zalining tom qismi shikastlangani tasdiqlandi. O‘.Murodov

🏫 Ma’lum qilinishicha, tuman hokimligi hamda tuman moliya bo‘limi tomonidan tegishli mablag‘ ajratilishi bilan 2026–2027-o‘quv yili kuz-qish mavsumi boshlanguniga qadar maktab faollar zali tom qismini qisqa muddatlarda, o‘quv jarayoniga ta’sir ko‘rsatmagan holda to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan.

📌 Deputatlik so‘rovi — ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni aniqlash, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq masalalarni qo‘yish va ularning yechimini nazorat qilishda muhim vositadir.

Slide 1 of 1