Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 4-“Gulobod” saylov okrugida deputatlik o‘rni bo‘sh (vakant) bo‘lganligi sababli, ushbu hudud aholisining murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida mas’ullar biriktirildi.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Gulobod” mahallasida joylashgan 53-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasasining:
Isitish tizimi va qozonxonalar holati;
Qishki yoqilg‘i zaxirasining yetarliligi;
Mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan boshqa ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini talab darajasida o‘tkazish yuzasidan taʼlim muassasasi mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz