Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI INOBATGA OLINIB, YO‘LLARNI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT MUHOFAZASIDAGI 128-SONLI MAKTABDA MADANIY MEROS OBYEKTINI ASRASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — TAJRIBA VA YOSHLAR SHIJOATI UYG‘UNLIGI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — TAJRIBA VA YOSHLAR SHIJOATI UYG‘UNLIGI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov boshchiligida Yunusobod tumanidagi 258-sonli umumta’lim maktabida “Avlodlar vorisligi — yurt taraqqiyoti poydevori” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

🤝 Tadbirda xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova, mahalla “yettiligi” vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar, ta’lim sohasi vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

🗣 Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda Rustamxon Kalanov avlodlar o‘rtasidagi vorislikni ta’minlash, nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish hamda navqiron avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak mas’uliyat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

🔺 Muloqot davomida nuroniylar o‘zlarining ibratli hayot yo‘li, fidokorona mehnati va orttirgan tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga qimmatli maslahat va tavsiyalar berdilar. Yoshlar esa ta’lim, sport va jamoatchilik yo‘nalishlarida erishgan yutuqlari, kelajakdagi maqsad hamda tashabbuslari haqida so‘zlab berdilar.

📚 Tadbir doirasida mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, ilm-fan va sportga keng jalb qilish hamda iste’dodli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

🌿 Shuningdek, mahalla “yettiligi”, ta’lim muassasasi va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

✅ “Uch avlod uchrashuvi” nuroniylarning boy tajribasi, o‘rta avlodning bunyodkorlik salohiyati va yoshlarning shijoatini birlashtirib, avlodlar hamjihatligini mustahkamlash hamda yoshlarda Vatanga muhabbat va daxldorlik tuyg‘usini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4