Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi A. Nurmatov tomonidan 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning isitish tizimi, qozonxonaning texnik holati, isitish uskunalari va tarmoqlarining sozligi, shuningdek, kuz-qish mavsumida tarbiyalanuvchilar uchun zarur issiqlik sharoitlarini ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarning 11-yo‘nalishi — ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va isitish tizimlarining holatini o‘rganish vazifalari doirasida amalga oshirildi.

Shuningdek, Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti asosida sohaga oid qonunchilik talablari inobatga olindi.

Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalari amaldagi tegishli hujjatlar asosida nazorat qilinishi belgilangan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha isitish tizimi va qozonxonaning mavsum davomida barqaror hamda xavfsiz ishlashini ta’minlash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar belgilab olindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.
 

Slide 1 of 3