Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SESSIYADA YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HISOBOT ESHITILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Yunusobod tuman Yoshlar ishlari bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.

🗣️Mazkur masala yuzasidan Yunusobod tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Akramov Ravshan tomonidan hisobot berildi.

📝Sessiya davomida tumandagi yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarning tashabbus va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

✅Deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.