Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
♻️ CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH XIZMATLARI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Arnasoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Usmonov hamda tuman Kengashi deputati X. Berdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasining mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholi xonadonlaridan maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatining amaldagi holati, mavjud maxsus texnikalarning yetarliligi, chiqindi tashlash qutilari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish uchun mavjud maxsus texnikalardan samarali foydalanish, ularning xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, chiqindi tashlash qutilarini yetarli miqdorda joylashtirish hamda aholi xonadonlaridan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish va muhokamalar davomida mavjud holatdan kelib chiqib, chiqindilarni olib chiqish xizmatini takomillashtirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2