Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#24_ta_masala
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
#162_ta_qonun
🏘 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI


📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan 20-“Mehrabod” saylov okrugidan saylangan deputat J. Qodirov saylov okrugiga qarashli “Mehrabod” mahallasining mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi doirasida mahallada olib borilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash;

📊 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

📝 Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish hamda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 4