Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI ISHLAR VA MAVJUD HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylarning liftlari, ichki yo‘laklari va yoritish holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING MUHIM HUQUQLARI
янв.21
MUAMMOLAR DEPUTAT DAFTARIGA QAYD ETILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI TINGLANDI
янв.21
DEPUTAT DAFTARIGA MUAMMOLAR QAYD ETILDI
янв.21
Guliston mahallasida hududning ichki ko‘cha yo‘llari va sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati va hududda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Besarang mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Ismoilov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Mahmudov tomonidan Besarang mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish ishlari 24 ta muhim tavsiya asosida ijtimoiy xodim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklarning samaradorligini baholashga qaratildi. Jarayon davomida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolarning murojaatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan davrda Besarang mahalla fuqarolar yig‘inida jami 59 ta oila Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan bo‘lib, shundan 18 tasi davlat ta’minotidagi, 39 tasi tegishli reyestrga kiritilgan hamda 2 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etgan.

O‘rganish davomida mazkur toifadagi oilalarning turmush sharoitini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratish maqsadida ko‘rilayotgan choralar ham ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, amalga oshirilgan manzilli ishlar natijasida 1 nafar fuqaro imtiyozli kredit bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, ularning daromad manbai yaratilgani sababli tegishli reyestrdan chiqarilgan.

O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda manzillilik va individual yondashuvni kuchaytirish, bandlikni ta’minlash orqali oilalarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3