Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SENTABR OYI: DEPUTAT SO‘ROVLARI ORQALI MUAMMOLAR KO‘TARILMOQDA
янв.21
IMMUNITET ≠ INDEMNITET
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB: BOLALAR O‘YIN MAYDONCHASI MASALASI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
CHILONZOR XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (5 –9-oktabr)
янв.21
🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni dastlabki muhokama qilish maqsadida Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, ekspert guruhi vakillari hamda kun tartibidagi masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibidan bitta masala o‘rin oldi:


- “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Mazkur masala yuzasidan Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori hamda Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosarining hisoboti eshitildi.

Muhokama davomida Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 2026-yil 23-sentyabrdagi 1/2/2417-sonli hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2026-yil 23-sentyabrdagi 22-01-401/31-02-39/50-sonli kelishuvlari asosida “Manguzar” MFY Fidokor ko‘chasida aholining qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Xususan, mazkur hududda shaharsozlik norma va qoidalari talablariga muvofiq yoritish chiroqlarini ustunlari bilan o‘rnatish xarajatlari uchun 150 million so‘m mablag‘ni “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan ajratish taklifi atroflicha muhokama qilindi.

Yoritish infratuzilmasini yaxshilash orqali hududda aholining, ayniqsa, kechki vaqtlarda xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, tegishli xulosa shakllantirildi. Mazkur masala Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etildi.
Slide 1 of 3