Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHILONZOR XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (5 –9-oktabr)
янв.21
🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
янв.21
MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
USTOZGA EHTIROM — KELAJAKKA EHTIROM!
янв.21
BANDLIK — KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING MUHIM OMILI
янв.21
GAVHAR MAHALLASIDA BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
GAVHAR MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — MANZILLI VA TIZIMLI YONDASHUV
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 4-bandi ijrosi, xususan, mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini oshirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati o‘rganildi.

Shuningdek, kambag‘al oilalarni aniqlash, ularning muammolarini individual o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik va tomorqachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish ishlari ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi deputatlik nazoratiga olindi.