Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamalov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 28 nafar fuqaroning murojaatlari, muammo va takliflari atroflicha tinglandi. Murojaatlarning 13 tasi qabul jarayonining o‘zida tegishli mas’ullar ishtirokida ijobiy hal etildi.

Bajarilishi ma’lum vaqt talab etadigan hamda qo‘shimcha o‘rganishni taqozo etuvchi murojaatlar esa tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ularni qonunchilik doirasida ko‘rib chiqish hamda ijobiy yechim topish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida hal etish hamda davlat organlarining xalq oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5