Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi kotibiyat mudiri Xushnudbek Sultonov «Sayopir» mahallasi hokim yordamchisi Qurbonov Ruslanbek O‘rinbayevichning ish faoliyati samaradorligini o‘rgandi. O‘rganishda tuman hokimligi bosh mutaxassisi M.Yusupov ham ishtirok etdi.
O‘rganish davomida aholi bandligini taʼminlash, doimiy daromad manbaini shakllantirish, Ijtimoiy reyestrdagi oila aʼzolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va zarur tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chaga, maktab o‘quvchilarini esa qo‘shimcha bepul to‘garaklarga jalb etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini yana-da oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1