Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_masala #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi

#24_ta_masala
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kunlik_ish_reja_ijrosi

🏫 13-maktabda xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-“Gilambop” saylov okrugi deputati R. Mavlonova tomonidan 13-maktabda xotin-qizlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

🗣 Muloqot davomida xotin-qizlarning ijtimoiy, huquqiy, bandlik, oilaviy va boshqa dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, bildirilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1