Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI ISHLAR VA MAVJUD HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylarning liftlari, ichki yo‘laklari va yoritish holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING MUHIM HUQUQLARI
янв.21
MUAMMOLAR DEPUTAT DAFTARIGA QAYD ETILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI TINGLANDI
янв.21
DEPUTAT DAFTARIGA MUAMMOLAR QAYD ETILDI
янв.21
Guliston mahallasida hududning ichki ko‘cha yo‘llari va sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati va hududda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va aholini qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi

#deputat_faoliyati

🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va aholini qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Murg‘ak” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
🏦O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida tashkil etish hamda ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash holati tahlil qilindi.
🏦Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari ham o‘rganilib, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, hujjatlarni rasmiylashtirish va belgilangan tartibda ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
🏦O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda yordamga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.
🏦O‘rganishlar davom etmoqda...

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4