FUQAROLAR MUROJAATLARI VA XOTIN-QIZLAR MASALALARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilshod Xabibullayevich Tashpo‘latovga Kotibiyat tomonidan biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqjonova tomonidan “Achaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar faoliyati, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy masalalarini hal etish hamda mavjud muammolarni aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🔹 Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar uchun ajratilgan daftar ombori faoliyati o‘rganilib, ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holati bilan tanishildi.
🔹 Mahallada fuqarolar qabuli tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammoli masalalar tinglandi. Murojaatlar mazmuni atroflicha o‘rganilib, aniqlangan masalalar “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”ga qayd etildi.
📋 Qayd etilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, ularning amaliy yechimini ta’minlash hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va murojaatlarni amaliy natijaga yo‘naltirish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.