Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
2-Charx Kamolon mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismlari ta’mirlandi
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI
янв.21
“Ko‘rkam” mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasasining holati o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTAT D. MAXMUDOVA TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
янв.21
CHILONZORDA USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI TANTANALI NISHONLANDI
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna

QORAQALPOG‘ISTON RAVNAQI -  XALQ FAROVONLIGI YO‘LIDA
Prezident tashrifi – taraqqiyot va yangi imkoniyatlar sari muhim qadam.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tashrif davomida sanoat, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, ta’lim, tibbiyot va infratuzilma sohalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Belgilangan vazifalarning asosiy maqsadi – mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga munosib sharoit yaratish va aholi daromadlarini oshirishdan iborat.
Bu borada Beruniy tumanida ham tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, mahallalarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash muhim vazifalardan hisoblanadi. Belgilangan rejalar ijrosini ta’minlashda deputatlar, mutasaddi tashkilotlar va jamoatchilikning hamkorligi alohida ahamiyatga ega. Prezident tashrifi hudud taraqqiyoti yo‘lidagi ustuvor vazifalarni belgilab berishi bilan birga, xalq farovonligi va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirish muhimligini yana bir bor namoyon etdi. Zero, hudud ravnaqi – xalq farovonligi, xalq farovonligi  esa  mamlakat taraqqiyotining mustahkam asosidir.
Matkarimova Hamida Fayzullaevna O‘zLiDePdan Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati