Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI ISHLAR VA MAVJUD HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylarning liftlari, ichki yo‘laklari va yoritish holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING MUHIM HUQUQLARI
янв.21
MUAMMOLAR DEPUTAT DAFTARIGA QAYD ETILDI
янв.21
DEPUTAT DAFTARIGA MUAMMOLAR QAYD ETILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI TINGLANDI
янв.21
Guliston mahallasida hududning ichki ko‘cha yo‘llari va sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati va hududda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Aholining tomorqa ekinlarini sug‘orish tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasi aholisining tomorqa ekinlarini sug‘orish tizimi sozligi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

🟢O‘rganish davomida aholi xonadonlaridagi tomorqa ekinlarini sug‘orish tizimining holati, suv yo‘llarining sozligi hamda suvning xonadonlarga yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi. Tomorqa yerlarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z vaqtida sug‘orish aholi uchun muhim masalalardan biri ekani qayd etildi. O‘rganish natijasida ayrim suv yo‘llarida tozalash va tartibga keltirish ishlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur masala yuzasidan tegishli mas’ullarga murojaat qilinib, aholi tomorqalariga suvni uzluksiz va samarali yetkazib berish maqsadida zarur choralar ko‘rildi.

🟢Xususan, “Suv yetkazib berish” davlat muassasasi xodimlari tomonidan suv yo‘llari va ariqlarni tozalash ishlari amalga oshirildi. Tozalash natijasida suvning erkin oqishiga xalaqit berayotgan omillarni bartaraf etish, sug‘orish tizimining samaradorligini oshirish hamda aholi tomorqalariga suv yetkazib berish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar bajarildi.

🟢Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda suv inshootlari va ariqlarning holatini muntazam nazorat qilib borish, mavsum davomida aholi tomorqalarini sug‘orishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2