Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI ISHLAR VA MAVJUD HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylarning liftlari, ichki yo‘laklari va yoritish holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING MUHIM HUQUQLARI
янв.21
MUAMMOLAR DEPUTAT DAFTARIGA QAYD ETILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI TINGLANDI
янв.21
DEPUTAT DAFTARIGA MUAMMOLAR QAYD ETILDI
янв.21
Guliston mahallasida hududning ichki ko‘cha yo‘llari va sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati va hududda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
SARMICHDA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Aholi daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning manzilli va samarali ijrosini ta’minlash muhim yo‘nalishlardan biridir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Sarmich mahallasida mahalla yettiligi va mahalla faollari ishtirokida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda mahalladagi ehtiyojmand va kambag‘al oilalarni aniqlash, ularning muammolarini xonadonbay o‘rganish, har bir oila uchun individual yondashuv asosida aniq chora-tadbirlarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarni doimiy va daromadli ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish, tomorqa va boshqa mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish orqali oilalar daromadini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla yettiligi va mahalla faollari bilan suhbat davomida avval belgilangan topshiriqlarning ijrosi, amalga oshirilgan ishlar hamda yechimini kutayotgan masalalar tahlil qilindi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish va natijadorlikni oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan masalalar va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mas’ullarga topshiriqlar ijrosini manzilli tashkil etish, har bir xonadon bilan individual ishlash hamda erishilgan natijalarni muntazam tahlil qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2