Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌳 200 KV.M JOY BORMI? U YERDA 400 TAGACHA DARAXT VA BUTA PAYDO BO‘LISHI MUMKIN
янв.21
DEPUTATGA MUAMMONI KO‘RSATISH SHARTMI?
янв.21
DO‘MBIROBOD MAHALLASIDAGI YO‘L VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
SHUKRONALIK — QALBGA EZGULIK ULASHUVCHI MA’NAVIY TADBIR
янв.21
🚌 AVTOBUS BEKATLARIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
🏗 QATORTOL MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI VA MINI STADION
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING 28-SENTABR – 2-OKTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA SARHISOBI. (21-25-sentabr)
янв.21
CHILONZOR
янв.21
AHOLI BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”

Xabaringiz bor, kecha Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyatini kuchaytirish masalasi muhokama qilindi.
E’tiborli jihati, bu yerda gap shunchaki “aholi bilan uchrashish” haqida emas.
Yangi yondashuvda mantiqiy zanjir shunday ko‘rinmoqda:
MAHALLA → MUAMMONI ANIQLASH → KENGASH MUHOKAMASI → MAS’UL TASHKILOT → ANIQ CHORA → NATIJA → NAZORAT.
Mahallada hal etib bo‘lmaydigan masala esa yuqori darajaga — respublikaga olib chiqiladi.
Eng muhim o‘zgarish nimada?
Deputatning ishi muammoni eshitish bilan tugamasligi kerak. Muammo Kengashning nazorat predmetiga aylanishi lozim.
Buning uchun qonunchilikda deputat va Kengash qo‘lida ishlatish mumkin bo‘lgan nazorat mexanizmlari yetarli.
📌 Xulosa:
Kuchli deputat — ko‘p muammoni eshitgan yoki murojaatlarni ko‘p qabul qilgan deputat emas.
Muammolar yechimini nazorat tadbirlariga va Kengash qaroriga aylantira olgan deputat.