Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KENGASH HAQIDA BILASIZMI?
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
Kambag‘allik reyestridagi oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar tahlil qilindi

 🇺🇿Kambag‘allik reyestridagi oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar tahlil qilindi

🇺🇿Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashidagi “18-Oqostona” saylov okrugi deputati Kamolov Azamjon Sobirjonovich hamda Kengash kotibiyat bosh mutaxassisi Shaxnoza Ergashevalar tomonidan saylov okrugi hududidagi Oqostona mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.


O‘rganish davomida mahallalardagi hokim yordamchilari, ijtimoiy xodimlar hamda xotin-qizlar faollari bilan birgalikda kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarni reyestrdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Jarayonda har bir oilaning mavjud muammolarini o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda oilalarning daromad manbalarini oshirish orqali kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan manzilli ishlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

📁 Mazkur o'rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyasi hamda Kengashning haftalik ish rejasi doirasida tashkil etilib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.