Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudaykulova okrugiga qarashli Amu sohillari mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

Mas’ullar tomonidan mahalla raisi ishtirokida quyidagi muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi:

"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan harakati;
Aholi murojaatlari bilan ishlash: Fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarni "xonadonbay" o‘rganish;
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: "Ijtimoiy daftarlar"ga kiritilgan xonadonlar, ehtiyojmand oilalar, xotin-qizlar va yoshlarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ahvoli.

O‘rganishlar yakunida mas’ullar mahalla faollariga Prezidentning PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berishdi.
Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!