Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
BOLALAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR VA TA’LIM-TARBIYA SIFATI — DOIMIY KOMISSIYA E’TIBORIDA.

Bolaning maktabgacha ta’lim davridagi har bir kuni uning bilim va ko‘nikmalari shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Shu bois tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlarning mazmunli tashkil etilishi va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi doimiy e’tiborni talab etadi.

Shu nuqtayi nazardan, Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi
G.Raimova tomonidan Do‘stlik mahallasi Pastkichaqir qishlog‘idagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayoniga e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun guruh xonalari, mashg‘ulot o‘tkazish joylari, mavjud jihoz va ko‘rgazmali vositalarning holati, bolalarning yosh xususiyatlariga mos sharoitlarning yaratilgani hamda mashg‘ulotlar jarayonining tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulotlar davomida bolalarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlashi, qiziqishi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvlar, tarbiyachilarning bolalar bilan ishlash uslubi hamda ta’lim-tarbiya jarayonida amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, guruhlarda bolalar uchun qulay muhit yaratilgani, mashg‘ulotlardan tashqari vaqtni mazmunli tashkil etish va ularning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiluvchi sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, mashg‘ulotlar sifatini yanada oshirish hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi.

Yakunda aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2