Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI ISHLAR VA MAVJUD HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylarning liftlari, ichki yo‘laklari va yoritish holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING MUHIM HUQUQLARI
янв.21
MUAMMOLAR DEPUTAT DAFTARIGA QAYD ETILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI TINGLANDI
янв.21
DEPUTAT DAFTARIGA MUAMMOLAR QAYD ETILDI
янв.21
Guliston mahallasida hududning ichki ko‘cha yo‘llari va sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati va hududda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
„Deputatlik nazorati va partiya guruhlari hamkorligi” 🤝

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Urazbayev, doimiy komissiya raislari hamda siyosiy partiyalarning tuman Kengashi rahbarlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarning mazmun-mohiyati, dolzarbligi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi.

📌 Asosiy e’tibor – xalq manfaatiga
Muzokaralar davomida Kengash ishida partiya va doimiy komissiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim omil ekani ta’kidlandi. Partiya rahbarlari hamda doimiy komissiya raislari kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, masalalarni yanada puxta o‘rganish va takomillashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

🤝 Hamkorlik – samarali natija garovi
Yig‘ilishda quyidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi:
📍 Manzilli yondashuv: Hududdagi mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va manzilli hal etish;
📌 Xalq manfaatlari: Qabul qilinayotgan har bir qarorda aholi farovonligini bosh mezon deb bilish;
📈 Nazorat va ijro: Sessiyada qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini qat’iy ta’minlash va doimiy nazoratga olish.

Kengash kotibiyati, doimiy komissiyalar hamda partiya fraksiyalarining biryoqalam va jipslashgan hamkorligi tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 3