Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHILONZOR XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (5 –9-oktabr)
янв.21
🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
янв.21
MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
USTOZGA EHTIROM — KELAJAKKA EHTIROM!
янв.21
BANDLIK — KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING MUHIM OMILI
янв.21
GAVHAR MAHALLASIDA BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
GAVHAR MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — MANZILLI VA TIZIMLI YONDASHUV
#_24_masala

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zosi — Tuman Kengashi Kotibiyati mudiri M.Urazbayev o‘z saylov okrugi hududidagi “Kuyuk ko‘pir” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Tashrif davomida deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida "mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi tashabbuslar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor mahalla profilaktika inspektori faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalariga qaratildi.

Xususan:
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati va profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilindi;
Ayniqsa, “qizil” va “sariq” hududlar toifasiga kiruvchi qismda jinoyatchilikni bartaraf etish, huquqbuzarliklar sabablarini aniqlash va ularni batamom tugatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi;

Mahalla “yettiligi” va huquq-tartibot organlarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini ko‘paytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Aholi osoyishtaligi va hudud xavfsizligini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 3