Xo‘jaqo‘rg‘on MFY Mirtemir ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati R. Uzaqov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Abduhalilov
tomonidan Xo‘jaqo‘rg‘on MFY Mirtemir ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi. O‘rganish davomida ko‘chadagi elektr tarmoqlarining holati ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar tahlil qilindi. Jumladan, 20 dona yog‘och tayanch ustunlarning texnik holati talab darajasida emasligi aniqlandi. Mazkur muammoni bartaraf etish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda aholi uchun xavfsiz sharoit yaratish masalasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib
chiqiladi.