Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

📌 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Zardaqul” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish jarayonida “Mahalla yettiligi” tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimini ta’minlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholining bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝 “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarning taklif va tashabbuslari, shuningdek, mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar berilib, belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash hamda natijadorligini nazorat qilish bo‘yicha kelishib olindi.

🏘 Mahalla — aholi bilan bevosita ishlash, muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashning eng muhim bo‘g‘inidir. Shu bois, “Mahalla yettiligi” faoliyatini tizimli tashkil etish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va fuqarolar murojaatlariga manzilli yondashish muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Deputatlar va “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi samarali hamkorlik hududdagi mavjud masalalarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 6