Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
#Doimiy_komissiya #Ish_rejasiga_asosan

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida doimiy komissiya raisi Azamat Karamatovich Mamatmuratov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanovlar tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirishdi.

Tadbir davomida maktabning isitish tizimi, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxiralari, binoning issiqlik saqlash imkoniyatlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining shayligi atroflicha o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7