Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
19¹-modda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och-Qarabog‘” saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Qarabog‘” mahallasi Maydon qishlog‘idagi umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, jumladan, ta’lim muassasasining isitish tizimi, mavjud jihozlarning sozligi, yoqilg‘i zaxirasi hamda bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

🌡 Shuningdek, sovuq kunlarda o‘quvchilar va pedagoglar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4