Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 14 sentyabrdagi № 2736 -III/KQ-592-III-sonli Qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar va otinoyilar ishtirokida aholi o‘rtasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda ortiqcha dabdababozlikka chek qo‘yish, isrofgarchilikni oldini olish, turli udumlarni qisqartirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

🔻Tadbirda Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov, Kengash deputati S.Ramatjonov hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari F.Fayzulloyeva ishtirok etdilar.

🔻Tadbir davomida Qo‘shma qarorning mazmun mohiyati, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risidagi Nizom, tadbirlarni o‘tkazish tartibiga qo‘yilgan umumiy talablar, shuningdek, tadbirlarni o‘tkazishda jamoatchilik va davlat nazorati batafsil tushuntirildi.

🔻Tadbir yakunida ochiq muloqot o‘tkazilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollari va takliflari tinglandi.

Slide 1 of 2