Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
2-Charx Kamolon mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismlari ta’mirlandi
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI
янв.21
“Ko‘rkam” mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasasining holati o‘rganildi
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI
янв.21
DEPUTAT D. MAXMUDOVA TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
янв.21
CHILONZORDA USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI TANTANALI NISHONLANDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
19¹-modda
🏟 MAKTABDA YANGI SPORT ZALINING HOLATI O‘RGANILDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I.Nuriddinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan 45-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida maktabda yangi foydalanishga topshirilgan sport zalining holati ko‘zdan kechirildi.

🏗 Jumladan, sport zalining moddiy-texnik holati, jihozlanishi, sanitariya va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sport to‘garaklarini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

⚽️ Yangi sport zalining maktab o‘quvchilari uchun zamonaviy va qulay sport infratuzilmasini shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashilib, sport zalidan samarali foydalanish, uning jihozlarini asrab-avaylash hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 4