Ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘. Safarov Furqat mahallasida bo‘lib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolarini o‘rganish, ularni hal etish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentyabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-193-son Farmoni ijrosi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish va aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.