CHANDIROBOD MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 17-saylov okrugi deputati Altiboyeva Muxtaram Ruzmamatovna tomonidan Chandirobod mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi.
👥 Ishchi guruh tarkibiga:
🔹 MFY raisi — Shonazarov Aktam;
🔹 hokim yordamchisi — G‘oyipov Jaxongir;
🔹 xotin-qizlar faoli — Xayitboyeva Saodat;
🔹 ijtimoiy xodim — Rustamova Gulnafis;
🔹 otinoyi — Murodova Musallam;
🔹 nuroniy — Xujaniyozov Tog‘ay;
🔹 nuroniy — Ruziboyeva Dilshod kiritildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, ishsiz fuqarolarni aniqlash va bandligini ta’minlash, aholi uchun doimiy daromad manbalarini yaratish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib boriladi.
🏘 Shuningdek, mahalladagi mavjud ijtimoiy infratuzilma muammolarini aniqlash, ularni manzilli hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.
🤝 Maqsad — har bir oilaning muammosini o‘rganish, mavjud imkoniyatlarni ishga solish va aholini kambag‘allikdan chiqarishga amaliy ko‘maklashish.
📍 Deputat nazorati — mahallada, hamkorlik — amalda, natija — aholi hayotida!