BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA BILAN HAMKORLIK
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan biriktirilgan tashkilot va tegishli doimiy komissiya bilan hamkorlikda Jamoat salomatligi texnikumining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida texnikumda ta’lim jarayonining tashkil etilishi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda ta’lim muassasasining belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
🏫 Shuningdek, o‘quv xonalari, mavjud infratuzilma va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli masalalar tahlil qilindi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash va texnikum faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
📍 Deputatlik nazorati — tashkilot faoliyatini joyida o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishdir.