Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni bilan hududlarda barqaror ish o‘rinlarini yaratish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi.

📋 Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan mahalliy Kengashlar tomonidan deputatlik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan amaliy ishlar boshlandi.

👥 Deputatlar tomonidan mahallalarda:
🔹 “Mahalla yettiligi” a’zolari;
🔹 nuroniylar;
🔹 oqila ayollar;
🔹 otinoyilar;
🔹 mahalla faollari
ishtirokida ishchi guruhlar shakllantirildi.

🎯 Ishchi guruhlarning asosiy vazifasi — mahallalarda aholining bandligini ta’minlash, doimiy va barqaror daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ishsiz va daromadi past oilalarni aniqlash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va deputatlik nazorati asosida tahlil qilishdan iborat.

🤝 Deputat + “Mahalla yettiligi” + mahalla faollari hamkorligi orqali har bir hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, aniq takliflar ishlab chiqish va ularning ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

📍 Asosiy maqsad — mahallalarda bandlikni ta’minlash, oilalarning doimiy daromad manbaini shakllantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan amaliy natijalarni ta’minlash.