Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Muhim_QARORLAR Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish o'rganilmoqda. 🕌HAYROBOD ESHON ZIYORATGOHINING SAQLANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
➡️O‘RGANISH → MUAMMO → NAZORAT → NATIJA
янв.21
🆘🆘 Guliston mahallasida SOS tugmasining ishlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BO‘YICHA MUAMMOLAR BARTARAF ETILADI
янв.21
Guliston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
📌 Mahalla va deputat: muntazam muloqot sari


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-son Farmoni qabul qilindi.

📄 Mazkur Farmon mahalla tizimini yanada takomillashtirish, aholi muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim vazifalarni belgilab berdi.

🔹 Farmon bilan tasdiqlangan “Mahalla faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”da xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

📝 Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatlarining mahallalarda aholi bilan har oy uchrashuvlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va uchrashuvlarni tizimli tashkil etish vazifasi belgilangan.

🤝 Mazkur tartib deputatlarning saylovchilar bilan muntazam muloqotini yo‘lga qo‘yish, hududlardagi muammolarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning yechimi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga xizmat qiladi.

📌 Sherobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan mazkur Farmon ijrosini ta’minlash, mahallalarda fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish hamda aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

🏘 Mahalla — xalq bilan eng yaqin muloqot maskani. Deputatlik faoliyatining samarasi esa ana shu muloqotning amaliy natijasida namoyon bo‘ladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 1