Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI

📍 Shovot mahallasi Hunarmand ko‘chasida davlat ta’minoti bo‘yicha Ijtimoiy reyestrda turgan oilaning ijtimoiy holati o‘rganildi.
🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 8-Shovot saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Yusupova Feruza Shuxratovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov hamda Shovot mahallasi xotin-qizlar faoli ishtirok etdi.
👨‍👩‍👧‍👦 O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy sharoiti, mavjud muammolari hamda ehtiyojlari joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.
🏥 Suhbat davomida oila a’zolaridan birining tibbiy yordamga ehtiyoji mavjudligi aniqlandi.
📋 Mazkur masala yuzasidan zarur tibbiy ko‘makni tashkil etish, oilaning muammosini tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.