Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

📍 Shovot tumani Zamondosh mahallasining Mamnun ko‘chasida ko‘chama-ko‘cha yurib, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 8-Shovot saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Yusupova Feruza Shuxratovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov hamda Zamondosh mahallasi hokim yordamchisi I. Qurbonov ishtirok etdi.
🏪 O‘rganish davomida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar va faoliyatni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi.
💼 Shuningdek, yangi tadbirkorlik subyektlarining aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolar daromadlarini oshirishdagi o‘rni muhokama qilindi.
🗣 Tadbirkorlarning mavjud muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganib boriladi.