Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ KATTA OLMAZOR MAHALLASIDA SPORT MAYDONI YANGILANMOQDA
янв.21
🌳 200 KV.M JOY BORMI? U YERDA 400 TAGACHA DARAXT VA BUTA PAYDO BO‘LISHI MUMKIN
янв.21
DEPUTATGA MUAMMONI KO‘RSATISH SHARTMI?
янв.21
DO‘MBIROBOD MAHALLASIDAGI YO‘L VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
SHUKRONALIK — QALBGA EZGULIK ULASHUVCHI MA’NAVIY TADBIR
янв.21
🏗 QATORTOL MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI VA MINI STADION
янв.21
🚌 AVTOBUS BEKATLARIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING 28-SENTABR – 2-OKTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA SARHISOBI. (21-25-sentabr)
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#doimiy_komissiya_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #deputat_faoliyati

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari N. Alimov, komissiya a’zosi E. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan tumanda barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tuman hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida shtab tomonidan tumanda barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari, ish izlayotgan fuqarolarni bandlikka jalb etish, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha shtab faoliyati samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, yangi barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini ko‘paytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3