Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚽️ KATTA OLMAZOR MAHALLASIDA SPORT MAYDONI YANGILANMOQDA
янв.21
🌳 200 KV.M JOY BORMI? U YERDA 400 TAGACHA DARAXT VA BUTA PAYDO BO‘LISHI MUMKIN
янв.21
DEPUTATGA MUAMMONI KO‘RSATISH SHARTMI?
янв.21
DO‘MBIROBOD MAHALLASIDAGI YO‘L VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
SHUKRONALIK — QALBGA EZGULIK ULASHUVCHI MA’NAVIY TADBIR
янв.21
🚌 AVTOBUS BEKATLARIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
🏗 QATORTOL MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI VA MINI STADION
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING 28-SENTABR – 2-OKTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA SARHISOBI. (21-25-sentabr)
янв.21
CHILONZOR
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Chinor" mahallasida aholi muammolari xonadonbay o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 7-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat U.Jumayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar "Chinor" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, uyma-uy yurgan holda aholi murojaatlarini o‘rgandilar.

Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak hamda ichki yo‘llar va kommunal-infratuzilma bilan bog‘liq masalalar xonadonbay tahlil qilindi.

Muloqotlar chog‘ida bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi Kengash tomonidan nazorat qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 3