Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BESHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV: MUAMMOLAR VA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” — 131-SONLI MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI RIVOJLANTIRILADI
янв.21
MAHALLADA BOLALAR UCHUN ZAMONAVIY VA XAVFSIZ MAYDONCHA BARPO ETILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI
янв.21
316-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SPORT INFRASTRUKTURASINI RIVOJLANTIRISH VA YOSHLAR UCHUN SOG‘LOM MUHIT YARATISH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI

Parkent tumanidagi “Beshkappa” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosi hamda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida mahallalarda manzilli ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan “Beshkappa” mahallasida hokim yordamchisi Bekmurod O‘tkirov bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Beshkappa” mahallasida quyidagi amaliy natijalarga erishilgani aniqlandi:
160 ta xonadon xatlovdan o‘tkazilib, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlari o‘rganildi;
12 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi;
2 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishlarida o‘qishga yo‘naltirildi;
6 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi.
Mazkur ishlarning asosiy maqsadi — oilalarni faqat ijtimoiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlash emas, balki ularning doimiy va barqaror daromad manbalarini yaratish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanish hamda kambag‘allikdan chiqishiga amaliy ko‘maklashishdir.
O‘rganish davomida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning mavjud muammolari, bandlik imkoniyatlari, daromad manbalarini oshirish istiqbollari hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mahalladagi “mahalla yettiligi” tomonidan har bir oilaning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib manzilli ishlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌱 Ayniqsa, fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik salohiyatini ishga solish, ularni daromadli faoliyatga jalb etish orqali oilalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash muhim vazifa sifatida belgilandi.
✅ O‘rganish yakunida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
⚠️ Deputat tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda belgilangan vazifalar ijrosini muntazam nazorat qilib borish, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatidagi o‘zgarishlarni o‘rganish va aniqlangan muammolarning amaliy yechimini ta’minlash zarurligi qayd etildi.
💪 Maqsad — har bir oilaga ko‘mak berish, har bir mehnatga layoqatli fuqaroni daromadli faoliyatga jalb etish va oilalarni kambag‘allikdan barqaror ravishda chiqarish!

Slide 1 of 6