Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SENTABR OYI: DEPUTAT SO‘ROVLARI ORQALI MUAMMOLAR KO‘TARILMOQDA
янв.21
IMMUNITET ≠ INDEMNITET
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB: BOLALAR O‘YIN MAYDONCHASI MASALASI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
CHILONZOR XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (5 –9-oktabr)
янв.21
🤝XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING HAFTA DAVOMIDA FAOLLIK KO‘RSATGAN DEPUTATLARI:
#Kengash_qarorlari

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi 2026-yil 21-sentabr VII-22-90-8-108-K/26 qarori

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi qarori bilan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Oltinsoy tuman bo‘limi boshlig‘i Q.Safarovning 2026-yilning 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi va qoniqarli deb topildi.

Raqamlar va natijalar:

Jamg‘arma daromadlari: 2026-yilning yanvar-avgust oylarida tuman bo‘yicha tushumlar 1 mlrd 285 mln 318 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib, yil boshidagi qoldiq bilan birga jami mablag‘lar 1 mlrd 903 mln 381 ming so‘mga yetdi.

Maqsadli xarajatlar: Jamg‘armadan 1 mlrd 589 mln 797 ming so‘m (83,5%) mablag‘ joylardagi muammolarni hal etishga yo‘naltirildi.

Infratuzilma va obodonlashtirish:

yo‘llar va elektr tarmoqlarini yaxshilashga 824,8 mln so‘m ajratilib, 51 ta mahallada 26,48 km ichki yo‘llar betonlashtirildi, 15 ta mahallaga 217 ta tungi yoritish chiroqlari hamda Sayrak mahallasi uchun yangi transformator o‘rnatildi.

246,6 mln so‘m evaziga MFY binalari va ijtimoiy obyektlar ta'mirlandi, kompyuter va mebel jihozlari xarid qilindi.
“Yashil makon” loyihasi doirasida 218 mln so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga 54 ta mahallaga 9 842 ta daraxt ko‘chati yetkazib berildi.

Mahalla yettiligi hisobot yig‘ilishlari o‘tkaziladi: Kengash qarori bilan joriy yilning 2–10-oktabr kunlari tumandagi barcha 54 ta MFYda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “mahalla yettiligi” a'zolarining hisobot yig‘ilishlarini o‘tkazish grafigi tasdiqlandi. Yig‘ilishlarda aholi murojaatlari va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1