Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
GULISTON MAHALLASIDAGI ISHLAR VA MAVJUD HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylarning liftlari, ichki yo‘laklari va yoritish holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING MUHIM HUQUQLARI
янв.21
MUAMMOLAR DEPUTAT DAFTARIGA QAYD ETILDI
янв.21
DEPUTAT DAFTARIGA MUAMMOLAR QAYD ETILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI TINGLANDI
янв.21
Guliston mahallasida hududning ichki ko‘cha yo‘llari va sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida ko‘p qavatli uylar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati va hududda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_guruhlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "1-Degrez" saylov okrugi deputati Begjanov Ulug'bek Utkurovich tomonidan Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 20-iyuldagi III-31-62-14-202-K/26-sonli qarori bilan tumandagi 13 ta (4-, 62-, 78-, 109-, 116-, 123-, 129-, 193-, 194-, 229-, 236-, 238-, 245-sonli) umumta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb etish uchun zarur sharoitlar yaratish, maktablarda to‘siqsiz muhitni shakllantirish, korreksion resurs xonalarini tashkil etish va jihozlash holatining qay ahvoldaligi asosida chiqarilgan deputatlik so'rovi bo'yicha Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy shlar bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Raxmonberdiyev tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 13 ta umumta’lim maktabida zarur tashkiliy ishlar amalga oshirilgan. Hozirgi kun holatiga ko‘ra, 10 ta maktabda belgilangan ishlar boshlanganligi, bugunga qadar 75% ishlar bajarilgan, 193-, 194- va 245-sonli umumta’lim maktablarida esa ishlar hali boshlanmaganligi qayd etilgan.

🗂 Kengash qarorida belgilangan 1 mlrd. 600 mln. so‘m mablag‘ni o‘zlashtirish ishlari 2026-yil 18-sentabr kunidan boshlanganligi, moliyalashtirish amalga oshirilgan kundan boshlab, belgilangan tartibda 15 ish kuni mobaynida 13 ta umumta’lim maktabini zarur korreksion jihozlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilganligi ma’lum qilingan.

↗️ Mablag‘ o‘zlashtirish jarayoni joriy yil 18-sentabrdan boshlanganligi sababli, hozirgi kunda yakuniy o‘zlashtirilgan mablag‘ miqdori va bajarilgan ishlar qiymati bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarni shakllantirish imkoni mavjud emasligi, mazkur mablag‘larning belgilangan maqsadlarga muvofiq va samarali sarflanishi ustidan tegishli nazorat o‘rnatilishi bildirilgan.

📆 Ishlari hali boshlanmagan 193-, 194- va 245-sonli umumta’lim maktablarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek, barcha 13 ta maktabda korreksion resurs xonalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash choralari ko‘rilayotganligi, moliyalashtirish amalga oshirilgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida 13 ta maktabni zarur jihozlar bilan ta’minlash va qarorda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich to‘liq yakunlash rejalashtirilganligi qayd etildi.

Slide 1 of 1