Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
37-OILAVIY POLIKLINIKADA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILADI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”
янв.21
YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: SPORT MARKAZI UCHUN 1,648 MLN SO‘M YO‘NALTIRILDI
янв.21
Kengashning nazorat faoliyati ikki xil bo‘lishi kerak:
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” G‘OLIBLARI UCHUN MABLAG‘LAR YO‘NALTIRILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET”: OITS MARKAZI QOSHIDAGI KLINIKA UCHUN YANGI OMBORXONA QURILADI
янв.21
Doimiy komissiya uchun “QO‘LLANMA”
янв.21
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘ MAQSADLI SARFLANDI
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Noib ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan “Nonvoylik guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning holatini o‘rganish, ularni reyestrdan chiqarish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash hamda mavjud muammolarini aniqlash maqsadida xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi.

Navbatdagi o‘rganish davomida Shayx Sadiy ko‘chasi, 60-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro X.Axrorova xonadoniga tashrif buyurilib, oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi.

Muloqot davomida oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, mavjud ehtiyojlari va muammolari bilan yaqindan tanishildi. Fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, oilani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, oilaning kelgusida barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish, oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3